7-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyor(mi?)
7-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyor(mi?) Bugun tuman hokimi hamda mas’ul tashkilot vakillari 7-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdilar. O‘rganish davomida muassasadagi isitish tizimining holati o‘rganildi. Avval kuzatilgan nosozliklar bartaraf etilib, hozirda isitish tizimi to‘liq soz holatda ishlayotgani ma’lum qilindi. Hokim tarbiyalanuvchilar mashg‘ulotida ishtirok etib, ta’lim-tarbiya jarayonlarini bevosita kuzatdi. U pedagoglar tomonidan bolalarning qiziqishlari va yosh xususiyatlariga mos tarzda tashkil etilgan mashg‘ulotlarni yuqori baholadi. Shuningdek, bolajonlarning ovqatlanish ratsioni bilan tanishilib, taomnoma sifati, foydali mahsulotlar ulushi va gigiyena qoidalariga rioya etilishi yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.



