insurez
28-12-2024 16:25

37 nafar iqtidorli bitiruvchilar viloyat hokimligining istiqbolli kadrlar zaxirasiga olingan


 

     Toyloq tumanidan 2023-2024 yillarda oliy ta’lim muassasalarini bitirgan 37 nafar iqtidorli bitiruvchilar viloyat hokimligining istiqbolli kadrlar zaxirasiga olingan.
    Bu haqda bugun Toyloq tuman hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Sole Haydarov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi. 
   -Bugungi kunda davlat tashkilotlariga kadrlarni saralash, tanlash va zaxirasini shakllantirishda bir qator ishlar amalga oshirildi, -deydi S. Haydarov.
   -Toyloq tumani hokimligi boshqaruv apparatida 27 ta shtat birligi mavjud bo‘lib, hokim, 6 ta hokim o‘rinbosarlari, 1 ta hokim yordamchisi, 1 ta maslahatchisi, 1 ta axborot xizmati rahbari, 3 ta guruh rahbarlari va bo‘lim boshliqlari, 6 ta bosh mutaxassislar, 1 ta yuriskonsult, 1 ta bosh hisobchi 1 ta yordamchi hisobchi, 3 ta yetakchi mutaxassis, 2 ta birinchi toifali mutaxassis, 1 ta loyihalar menedjeri lavozimlari mavjud.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5843-sonli Farmoni hamda shu sanadagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4472-sonli qaroriga asosan tuman hokimining 2021-yil 21-maydagi 939-Q-sonli qarori qabul qilingan.


     Mazkur qarorga asosan tuman hokimligi boshqaruv apparatining vakant lavozimlarga tanlov o‘tkazish tartibi hamda tuman hokimligi boshqaruv apparatining vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov o‘tkazish bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi komissiya tarkibi ishlab chiqilgan.
Tuman hokimligi boshqaruv apparatiga tuman hokimi, hokim o‘rinbosarlari, hokim maslahatchisi, hokim yordamchisi, guruh rahbarlari, bosh yuriskonsult lavozimlaridan tashqari qolgan barcha lavozimlarga ishga qabul qilish faqat ochiq mustaqil tanlov asosida www.vacancy.argos.uz tizimi orqali amalga oshirilmoqda.
     Hozirgi kungacha ochiq mustaqil tanlov asosida www.vacancy.argos.uz tizimi orqali ochiq tanlovga berilgan lavozimlarga 1000 nafardan ortiq nomzodlar hujjat topshirgan bo‘lib, shulardan 32 ta lavozim bo‘yicha xodimlar tanlovda g‘olib deb topilib ishga qabul qilindi.
   Toyloq tumanidan 2023-2024 yillarda oliy ta’lim muassasalarini bitirgan 37 nafar iqtidorli bitiruvchilar viloyat hokimligining istiqbolli kadrlar zaxirasiga olingan bo‘lib ular bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan. Ushbu 37 nafar iqtidorli yoshlarning hozirda 9 nafari ta’limning magistratura yo‘nalishida 9 nafari xususiy sektorda qolgan 18 nafari davlat tashkilotlarida faoliyat yuritmoqda. 
   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-sonli “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirsh, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mahallalarda hokim yordamchilari lavozimi joriy etildi.
   Tumanda mavjud 50 ta mahallalarga iqtisodiyot sohasidan, mahallabay ishlash markazlari tizimidan, tuman tashkilotlarida turli rahbarlik lavozimlarida hamda xususiy sektorlarda faoliyat yuritgan nomzodlar saralanib ushbu lavozimga tayinlandi.


   Hokim yordamchilari orasidan zaxira kadrlarni shakllantirishda ularning ma’lumotlari, shaxsiy va kasbiy fazilatlari, amaliy tajribasi, bilimi hamda iqtidorlarini inobatga olgan holda tumandagi korxona va tashkilotlardagi rahbarlik lavozimlariga hamda hokim o‘rinbosari lavozimlariga zaxiraga olingan.
   So‘ngi yillarda mamlakatimizda Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish borasida bir qancha amaliy ishlar bajarildi, tumanimizda ham turli sohalarda yoshlarning ijtimoiy va iqtisodiy muammolari bartaraf etilib kelinmoqda. Tumandagi har bir mahallada Yoshlar ishlari agentligining mahalladagi vakili, yoshlar yetakchisi shtat birligi joriy etildi. Bu borada tumanning 50 ta mahallarida ham mazkur lavozimga ochiq va mustaqil tanlov asosida malaka talablariga mos keladigan nomzodlar ishchi guruh suhbat natijalariga ko‘ra munosib deb topilib saralab olindi.

Teglar
- -