1-umumta'lim maktabida maktab o‘quvchilarining ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimining o‘rinbosari J. Haqberdiyev, respublika ayollar targ‘ibot guruhi tuman rahbari, "Qo‘shchinor" gazetasi muharriri M. Yo‘ldosheva, respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘limi rahbari Z. Avazov, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi mudiri O'. Usmonov ishtirok etdi.
Targ‘ibot tadbirida so‘zga chiqqanlar bitiruvchilarning oliy o‘quv yurtiga kirish qamrov darajasini oshirish, ularning bandligini ta'minlash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning sodir etilishini bartaraf etish, diniy ekstremizm va aqidaparastlik g‘oyalarining tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi.