11-11-2025 21:59
Toyloq tumanida ilk bor asalarichilik sayli bo'lib o'tadi!
📍 “Toyloq Asalarichilik festivali-2025” Toyloq tumanida ilk bor asalarichilik sayli bo'lib o'tadi! 📌Hurmatli yurtdoshlar! ⚡️Sizlarni 2025-yil 15-noyabr kuni soat 10:00 da Samarqand viloyati hokimligi, viloyat turizm boshqarmasi, viloyat asalarichilik uyushmasi hamda Toyloq tumani hokimligi hamkorligida Toyloq tumanida ilk bor o‘tkazilayotgan “Toyloq Asalarichilik festivali-2025” sayliga taklif etamiz! 🔹Bu sayl sizga nafaqat shirin asallar emas balki, asal mahsulotlarini taqdim etadi, chinakam xalqona bayram kayfiyatini ham ulashadi! ✅Mazkur tadbir doirasida: 🍯 Asal va asalarichilik mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasi; 🔰"Asalarichilikni rivojlantirish istiqbollari" bo‘yicha xalqaro ilmiy Konferensiya; 🧑🍳 Asaldan tayyorlangan shifobaxsh malhamlar ko'rgazmasi; 🥘 Asalari Apiterapiya muolajalari; 🏕Sayyohlar tashrif buyuradigan yangi dam olish hududi bilan tanishish; 🥗 Qishloq xo'jaligi mahsulotlari yarmarkasi; 🥘Milliy taomlar yarmarkasi: 🎤 Bir guruh taniqli san'atkorlar ishtirokida gala-konsertlar va madaniy dasturlar; 🎪 Milliy urf-odatlar namoyishi kabilar tashkil etiladi. 📍 Festival Toyloq tumani, Ilmobod mahallasida joylashgan “O'rmon xo'jaligi”da bo‘lib o‘tadi. Tadbirda tumanimizning boy tabiati, asalarichilik an’analari hamda milliy qadriyatlar o‘z ifodasini topadi. ✨Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni ushbu iliq muhitda, xalqona ruhda o'tadigan “Asalarichilik sayli”da kutib qolamiz!
