insurez
11-02-2025 17:31

Toyloq  tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan Gʻo‘lba mahallasida joylashgan 1.13 gektar yer maydonida hudud aholisi uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Istirohat bog‘i tashkil etish loyihasi bo‘yicha e’lon

Toyloq  tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan Gʻo‘lba mahallasida joylashgan 1.13 gektar yer maydonida hudud aholisi uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Istirohat bog‘i tashkil etish loyihasi bo‘yicha e’lon


             Ma’lumki so‘nggi yillarda mamlakatimizda xususiy sektorga berilayotgan e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zero, davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ba’zi xizmatlarning xususiy sektorga o‘tkazilishi nafaqat mazkur sohada ko‘rsatiladigan xizmat sifatini oshishini, balki byudjet mablag‘larining samarali sarflanishini ham ta’minlaydi.
              O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 29-noyabrdagi “Samarqand viloyatida investisiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi  PQ-407-sonli qaror talablari asosida Gʻo‘lba maxallasida davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida istirohat bog‘ining faoliyatini tashkil etish maksadga muvofik xisoblanadi.
                O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.10.2024 yildagi "Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 720-son qarori bilan tasdiqlangan "Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida"gi nizom 11-bandida, aholining, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) iste’mol qiluvchilarning, ulardan foydalanuvchilarning manfaatlarini inobatga olish maqsadida vakolatli davlat organining talabiga binoan DXSH loyihasi jamoatchilik muhokamalari bilan birga tayyorlanishi lozimligi qayd etilgan.
            Yuqoridagilardan kelib chiqib, Toyloq tumani Gʻo‘lba maxallasida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida istirohat bog‘i tashkil etish  loyihasi ishlab chiqilayotganligini ma’lum qiladi.
         Loyiha doirasida xususiy sektor mablag‘lari hisobidan “Gʻo‘lba” MFYda joylashgan 1.13 gektar maydonlarda  tematik madaniyat va istirohat bog‘ini tashkil etish; 
               Xudud atrofida yengil konstruksiyali sport-sog‘lomlashtirish, bollar uyingoxi, WI-FI zonalari, zamonaviy arxitektura talablariga moz istiroxat bog‘ini yaratish, kukalamzorlashtirish jixozlash ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun: Ushbu loyihani amalga oshirish orqali xududda 8 ta yangi ish o‘rni yaratiladi hamda tumanga keladigan sayyohlar oqimi oshadi, xizmat ko‘rsatish sifati hamda tumanning investision jozibadorligi yaxshilanadi.

 Shuningdek, mazkur istirohat bog‘i  xususiy sherikka ishonchli boshqaruv asosida vaqtincha foydalanishga beriladi. Bunda, loyiha ob’ektlaridan kredit olish uchun garov sifatida foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

DXSH to‘g‘risidagi bitim muddati tugagach, loyiha ob’ektlari (yangi qurilishi rejalashtirlgan binolar bilan birgalikda) davlat sherigiga qaytariladi.

Mazkur loyiha bo‘yicha fikr-mulohazalaringiz mavjud bo‘lgan taqdirda, quyida keltirilgan elektron manzillarga murojaat qilishingizni so‘raymiz: Toyloq.uz    https://www.facebook.com/Toyloqhokimligi

Teglar
Insurance Policy