
SESSIYA CHAQIRILMOQDA
Deputatlar diqqatiga!
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining VII-chaqiriq 3-sessiyasi 6-dekabr kuni oʻtkaziladi.
Bu haqda Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi raisi B.Babonazarov 3-dekabrda qabul qilgan “Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq, uchinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida”gi farmoyishida ma’lum qildi.