Toyloqlik yoshlar va barcha kitobxonlar diqqatiga!
Опубликовано 05.11.2021 - 08:01Toyloqda 8-12 noyabr kunlari “INFOLIB UZBEKISTAN-2021” X Milliy axborot-kutubxona haftaligi o’tkaziladi.
Aziz kitobxonlar!
Haftalik doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar bilan tanishing va unda faol ishtirok eting.
Haftalik dasturi:
8-noyabr
1. Dasturning ochilish marosimi
2. Shoir Abdulla Nisoriyning "O'zbekning boshida qalpoq" nomli kitobning taqdimoti
3. Axborot-kutubxona markaziga keltirilgan yangi adabiyotlardan bibliografik sharh.
9-noyabr
1. AKMning faol kitobxonlari bilan davra suhbati “Kitob mening hayoyotimda” mavzusi ostida
2. Kutubxonada yangi keltirilgan yangi adabiyotlardan kitob ko’rgazmasi tashkil etish.
10-noyabr
1. “She’riyatga oshno qalb” she’rxonlik kechasi (Toyloqlik yosh shoira Hamroyeva Munisa ishtirokida)
2. “Yangi O`zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostidagi video rolik namoyishi.
11-noyabr
1. Rus adibi M. Dostoevskiy tavalludining 200 yilligiga bag’ishlangan tadbir (34-maktab)
2. “Infolib O’zbekiston-2021” bo’yicha video rolik.
12-noyabr
1. Ertaklarning sehrli olami” kichik yoshdagi kitobxonlar uchon ma'naviy-ma'rifiy tadbir (D.Arabova YATT)
2. Haftalikning yopilish marosimi.
Tadbirlar Toyloq tuman Axborot-kutubxona markazida o‘tkaziladi.