Futbol maydonida - g‘ayratli keksalar!
Futbol maydonida - g‘ayratli keksalar!
Toyloq tumanida “G‘ayratli keksalar” shiori ostida nuroniylar o‘rtasida o‘tkazilib kelinayotgan sportning mini futbol bahslari yakuniga yetdi. 60 yosh va undan katta yoshdagi nuroniylar ishtirok etayotgan musobaqaning final bosqichida sektor bosqichida g‘olib bo‘lgan 4 ta jamoa – Madaniyat, Yangi hayot, Davlatobod hamda Qoʻshchinor mahallalari nuroniylari ishtirok etishdi.
Murosasiz va qizg‘in kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, tumanning Davlatobod mahallasi nuroniylari 1-o‘rinni, Madaniyat mahallasi jamoasi 2-o‘rinni hamda Qoʻshchinar mahallasi nuroniylari 3-o‘rinni qo‘lga kirtishdi.
Yakunda g‘olib va sovrindorlar “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Endilikda, Davlatobod mahallasi nuroniylari ushbu musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etib, tumanimiz sharafini himoya qilishadi. Tumanimiz nuroyilariga viloyat bosqichida omad tilab qolamiz.