Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda

     Deputatlar diqqatiga!

   “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan joriy yilning 14 iyul kuni soat 15:00 da Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining navbatdagi 60-sessiyasi chaqirilmoqda.

    Tadbir tuman hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

    Sessiya ishida kun tartibidagi quyidagi masalalar muhokama etilishi rejalashtirilmoqda:

1.Tuman Bandlikka ko‘maklashish markazining  tumanda 2022-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish pragnoz va parametrlarining rejaga nisbatan ijrosi yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.

         2.Aholi ayniqsa, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish hamda “Besh muhim tashabbus” doirasida amalga oshirilgan ishlar ijrosi yuzasidan  Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi rahbari A.Suyunboyevning axboroti to‘g‘risida.

          3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-martdagi PQ-159-son qarori ijrosi yuzasidan “Samarqand suv taʼminoti” MCHJ Toyloq tuman filiali boshlig‘i  I.Yusupovning aholini ichimlik va oqava suv bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan hisoboti.

          4.Tumanda tijorat banklarining oilaviy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.

           5.2022-yil II-chorak yakuni bilan tuman mahalliy budjetining bajarilish holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sh.Sharipovning hisoboti.

        6.Mahalliy budjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish hamda qo‘shimcha manbaalaridan foydalanish yo‘nalishlari, jumladan, mahalliy daromadlarni oshirishning aniqlangan rezervlari to‘g‘risida tuman hokimligi Moliya bo‘limi mudiri A.Sharipovning hisoboti.

        7.Tuman Moliya bo‘limi boshlig‘ining moliyalashtirish manbaasi aniq bo‘lmagan tadbirlar uchun mablag‘ ajratish holatlariga barham berish yuzasidan tegishli choralar ko‘rib borish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hisoboti.

         8.Boshqa masalalar.      

2015-2018 © ХОКИМИЯТ ТАЙЛАКСКОГО РАЙОНО. Сайт разработан SAKTRM