insurez
29-08-2025 12:00

“Zuxro” xususiy bolalar bog‘chasi foydalanishga topshirildi


“Zuxro” xususiy bolalar bog‘chasi foydalanishga topshirildi

      Toyloq tumanida maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish, bolalar uchun zamonaviy ta’lim-tarbiya sharoitlarini yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar samarasi sifatida navbatdagi yirik loyihalardan biri — “Zuxro” xususiy bolalar bog‘chasi ishga tushirildi.
     Mazkur muassasa Bog‘izag‘on mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tadbirkor Gulfira Sattarova tomonidan barpo etildi. 100 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu zamonaviy bog‘cha qurilishiga loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq 3 milliard 602 million so‘m o‘z mablag‘i hisobidan yo‘naltirildi.
      Muassasaning tantanali ochilish marosimida Toyloq tumani hokimi B.Raxmatullayev ham ishtirok etib, tadbirkorlik tashabbusini qo‘llab-quvvatladi va mahalliy aholi uchun bunday muhim inshootlarning ahamiyatini alohida ta’kidladi.

 

Teglar
- -