|

Версия сайта для слепых
09-10-2025 19:04

ZAMONAVIY ROBOTOTEXNIKA XONASI – YOSHLAR QOBILIYATINI YUZAGA CHIQARISHDA MUHIM QADAM


ZAMONAVIY ROBOTOTEXNIKA XONASI – YOSHLAR QOBILIYATINI YUZAGA CHIQARISHDA MUHIM QADAM

Toyloq tumanidagi 57-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan robototexnika xonasi tashkil etildi. Mazkur tashabbus tuman yoshlari orasida innovatsion fikrlashni shakllantirish, texnologiyaga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugun ushbu maktabda yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev boshchiligidagi ishchi guruh vakillari tashrif buyurdi. Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kotibiyati mudiri F. Qosimov, viloyat hokimining o‘rinbosari X.To‘xtayev hamda boshqa mas’ullar ishtirok etib, maktabda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Ishchi guruh vakillari robototexnika xonasida o‘quvchilarning amaliy mashg‘ulotlarini kuzatib, ularning ijodiy ishlanmalariga yuqori baho berdilar. Maktabda tashkil etilgan innovatsion muhit o‘quvchilarda fan va texnika sohalariga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishini ta’kidlashdi.

Teglar
- -