insurez
24-10-2025 21:03

Yoshlar bog‘i barpo etiladi


Yoshlar bog‘i barpo etiladi

Siyosiy fanlar doktori, O‘zbekiston Milliy media birlashmasi Boshqaruv raisi, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” Sherzodxon Qudratxo‘ja Toyloq tumanidagi Chorbog‘tepa mahallasida joylashgan 43-sonli umumta’lim maktabiga kitoblar yetkazib berish,  maktab hududida daraxt ekish va “Yoshlar bog‘i”ni barpo etish tashabbusi bilan chiqdi.
Shu munosabat bilan Sherzodxon Qudratxo‘ja Toyloq tuman hokimi Behzod Raxmatullayev bilan uchrashib, loyiha jarayonlari, hamkorlik yo‘nalishlari hamda maktab infratuzilmasini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, tumanda yoshlarni jurnalistika sohasiga jalb qilish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masallari muhokama qilindi.

Teglar
- -