|

Версия сайта для слепых
07-10-2025 19:15

Yosh tadqiqotchilar qo‘llab-quvvatlanadi


Yosh tadqiqotchilar qo‘llab-quvvatlanadi

Behzod Raxmatullayev tumandagi Agrokompleks fermer xo‘jaligida bo`lib, fermer xo‘jaligidagi parrandachilik yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, xususan, tovuq tuxumlaridan jo‘jalar ochirish jarayoni, ularni boqish va parvarishlash bosqichlari bilan yaqindan tanishdi.
Agrokompleks fermer xo‘jaligida jo‘jalarni sun’iy inkubatsiya yo‘li bilan ochirish, ularga to‘g‘ri parvarish ko‘rsatish, kasalliklardan himoya qilish kabi muhim agrotexnik jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan.
Tuman hokimi bo‘lajak tadqiqotchi yosh magistrlar bilan ham suhbat o‘tkazdi. Ular fermer xo‘jaligidagi ilmiy-amaliy ishlar, parrandachilikni rivojlantirish bo‘yicha olib borayotgan tadqiqotlari haqida ma’lumot berishdi. Yosh mutaxassislarning izlanishlari va tashabbuslari hokim tomonidan yuqori baholandi va kelgusida ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligi bildirildi.

Teglar
- -