Yerdan unumli foydalanish – asosiy masala
Yerdan unumli foydalanish – asosiy masala
Bugun tuman hokimi Behzod Raxmatullayev 4-sektor hududidagi fermer xo’jaliklari hamda agrofirma raislari bilan uchrashuv o'tkazdi.
Yig‘ilishning asosiy mavzusi – yerdan unumli foydalanish, hosildorlikni oshirish va resurslarni tejash masalalari bo‘ldi.
Uchrashuvda tuman hokimi xo'jalik raislarini chorvachilik, g’alla, kartoshka, poliz, meva va pilla yetishtirish, mo’l hosil olish tuman iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.
Shuningdek, pilla yetishtirishni ko'paytirish, fermerlarga ko'proq daromad keltirishi va tumanning iqtisodiy barqarorligini ta'minlashda foydali ekanligini aytib o'tdi.
Yig’ilishda dala madaniyati, tomchilab sug’orish, elektr energiyani tejash va quyosh panellaridan foydalanish, ariqlarni lotoklashtirib suvni tejash orqali qishloq xo'jaligi sohasida yanada katta natijalarga erishishlari mumkinligi qayd etildi.