YAPONIYA BILAN HAMKORLIK ALOQALARI KENGAYMOQDA
YAPONIYA BILAN HAMKORLIK ALOQALARI KENGAYMOQDA
Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev Yaponiya Xalqaro Hamkorlik agentligi (JICA GROW) exsperti Jo'rabek Hasanov va Yaponiyalik mashhur san'atkorlar 3GAGA Heads vakillari janob Toni va janob Shogen bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonlik kadrlarni Yaponiya qurilish hamda qishloq xo‘jaligi sohalaridagi kompaniyalarga ishga jalb qilish, yapon tili hamda kasbiy malakalarini oshirish zarurligi to‘g‘risida muzokaralar olib borilib, O'zbekiston fuqarolarini Yaponiyada "Munosib mehnat" bilan shug'ullanishlarini qo'llab-quvvatlash hamda mehnat migratsiyasi yo'nalishida "Toyloq modeli" yuzasidan fikr almashinildi.
Shunungdek, 22-23 sentabr kunlari Toyloq tumanining maktablarida 3GAGA Heads vakillari tomonidan konsert dasturlari uyushtirshga kelishildi. Bu orqali Yapon madaniyatini tumanimiz yoshlariga tanitish, yoshlarimizni dunyo qarashini kengaytirish ko'zlandi.