|

Версия сайта для слепых
06-11-2025 19:25

Yangilanayotgan Chorbog‘tepa


Yangilanayotgan Chorbog‘tepa Chorbog‘tepa mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va infratuzilma yangilanishi ishlari boshlandi. Bugungi kunda 4 256 nafar aholi istiqomat qilayotgan ushbu mahalla qisqa fursatda yangicha qiyofa kasb etishi rejalashtirilmoqda. Yangi loyihalar doirasida, avvalo, aholining kundalik hayot sifatini oshirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Jumladan, ichimlik suvi tarmog‘i to‘liq yangilanadi, sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash tizimi modernizatsiya qilinadi, shuningdek, asosiy va ichki yo‘llar kapital ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy ko‘rinishga keltiriladi. Bugun tuman hokimi Behzod Raxmatullayev boshchiligida viloyat va tuman mas’ullari ishtirokida Chorbog‘tepa mahallasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat prokuraturasi vakillari, viloyat avtoyo‘l boshqarmasi boshlig‘i S. Mamatqulov, Suv qurilish industriyasi rahbari S. Ziyodullayev hamda tegishli tuman tashkilotlari rahbarlari qatnashdilar. Yig‘ilish davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan har bir loyiha bo‘yicha mas’ul tashkilotlar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi. Shuningdek, ishlarning tezkor va sifatli bajarilishini ta’minlash, jarayonlarni bosqichma-bosqich nazoratga olish, aholi bilan doimiy muloqotda bo‘lish masalalari muhokama qilindi. Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev o‘z nutqida Chorbog‘tepa mahallasida boshlanayotgan yangilanishlar nafaqat infratuzilmani yaxshilash, balki aholining farovon hayotini ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Teglar
- -