|

Версия сайта для слепых
01-11-2025 15:46

Yangi uyg‘onish sari: O‘zbekiston YUNЕSKO minbarida


Yangi uyg‘onish sari: O‘zbekiston YUNЕSKO minbarida - Bugun Samarqand — nafaqat tarix, balki kelajak minbariga aylandi. Buyuk Ipak yo‘lining yuragi bo‘lgan bu shahrimizda YUNЕSKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkazilayotgani — O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi nufuzini, xalqaro ishonch va e’tirofini yaqqol namoyon etmoqda. Men bu voqeani nafaqat diplomatik yutuq, balki xalqimizning ma’naviy g‘alabasi, milliy o‘zligimizning yuksak e’tirofi sifatida qabul qilaman. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ushbu nufuzli minbarda so‘zlagan nutqlari barchamiz uchun yo‘l-yo‘riq, ilhom va mas’uliyat manbaidir. Davlat rahbari o‘z chiqishlarida shunday dedi: “Bugun biz Sharq bilan G‘arb, Shimol bilan Janub o‘rtasida ochiq, ishonchli va konstruktiv hamkorlik platformasini yaratishga tayyormiz.” Bu so‘zlarda O‘zbekistonning bugungi siyosiy, madaniy va ma’naviy falsafasi mujassam: hamkorlik, ochiqlik, ishonch va taraqqiyot. • YUNЕSKO sessiyasining O‘zbekistonda o‘tkazilishi – tarixiy burilish nuqtasi Bu yirik tadbir: - O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi madaniy diplomatiyasini yangi bosqichga olib chiqdi; - Ilm-fan, ta’lim, raqamli texnologiyalar va madaniyat sohalaridagi ko‘p tomonlama hamkorliklar uchun mustahkam zamin yaratdi; - Eng muhimi, milliy o‘zligimizni jahon hamjamiyatiga munosib tarzda tanitish imkonini berdi. ✔️Samarqandda butun dunyo davlatlarining vakillari, yetakchi ziyolilar, madaniyat arboblari to‘plandi. Bu — O‘zbekistonning global ishonch markaziga aylanganining yorqin dalilidir. Bu jarayon biz — jamiyatning faol fuqarolari uchun ibrat va mas’uliyat sabog‘iga aylandi: ✔️Madaniyat – bu xalqning yuragi. Uni asrash, rivojlantirish va avlodlarga yetkazish – har bir rahbarning, har bir fuqaroning muqaddas burchidir. ✔️Ta’lim – taraqqiyot kaliti. Prezident ilgari surganidek, raqamli ta’lim, inkluziv maktablar, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish – kelajagimizga sarmoyadir. ✔️Hamkorlik – muvaffaqiyat garovi. Bugungi dunyo birlashuv, muloqot va o‘zaro ishonchga tayanadi. O‘zbekiston ana shunday muloqot madaniyatining zamonaviy markaziga aylanmoqda. ✔️Ruhiy uyg‘onish – milliy yangilanishning asosi. Samarqand minbaridan yangragan fikrlar – bizni harakatga, yangilanishga va yurtimiz kelajagi uchun fidokorlikka undaydi. Xulosa o‘rnida Bu sessiya — tarixning sahifasida O‘zbekiston nomini yanada porloq qilib yozgan voqea bo‘ldi. Bizga berilgan bu ishonch — xalqimizning o‘zini, madaniyatini, qadriyatini jahon miqyosida qadrlashning belgisi. O‘zbekiston bugun YUNЕSKO minbarida — kelajak ovozi sifatida yangramoqda! Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri Bobir Xamrayev

Teglar
- -