Yangi maktab binosi ishga tushdi
Yangi maktab binosi ishga tushdi
Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev boshchiligidagi faol nuroniylar va jamoatchilik vakillari ishtirokida bir kunda uchta ta’lim maskanida zamonaviy qiyofa kasb etgan qo‘shimcha binolar foydalanishga topshirildi.
Ushbu ta’lim dargohlaridan biri O`ray-elipok mahallasidagi 48-umumta`lim maktabi bo`lib, 180-o‘rinli qo`shimcha binosi 2 mlrd 233 mln. so‘m mablag‘ evaziga “JUMA QURUVCHI” MCHJ tomonidan qurib foydalanishga topshirildi.
Tuman hokimi tadbirda so‘zga chiqib, mamlakatimizda ta’lim sohasiga berilayotgan ustuvor ahamiyat va keng islohotlarni ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, o‘qituvchilar va o‘quvchilarni yangi binoning ishga tushishi bilan qutlab, ularning ta’lim-tarbiya jarayonida ulkan yutuqlarga erishishlariga ishonch bildirdi.
Faol nuroniylar ham so‘zga chiqib, yangidan barpo etilgan ta’lim maskanlari kelajak avlod uchun beqiyos tuhfa ekanini qayd etdilar.