insurez
03-10-2025 20:01

Xo‘jayuz namunali mahallaga aylantiriladi


Xo‘jayuz namunali mahallaga aylantiriladi

Bugun Xo‘jayuz mahallasida tuman hokimi B. Raxmatullayev, tuman prokurori A. Abdullayev hamda tuman IIB boshlig‘i E. Raxmatov fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mahalla aholisi bilan ochiq muloqot qilinib, mavjud muammolar, taklif va tashabbuslar muhokama qilindi. Mutasaddi rahbarlar tomonidan hududni har tomonlama obodonlashtirish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash hamda mahalla fuqarolarining turmush darajasini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Xo‘jayuz mahallasini tumandagi har jabhada namunali mahallaga aylantirishdir.
 

Teglar
- -