|

Версия сайта для слепых
08-10-2025 21:49

Xo‘ja Zikriyo qabri ziyorat qilindi


Xo‘ja Zikriyo qabri ziyorat qilindi

Bugun tuman hokimi Nayman mahallasida joylashgan tarixiy qadamjo — Xo‘ja Zikriyo qabrini ziyorat qildi. Ushbu maqbaraning holati bilan tanishildi hamda qabr atrofidagi muqaddas joylarni obod qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Manbalarda oz ma`lumotlar qayq etilgan bo`lsada bu zotning  o‘z zamonida yurtimizda ilm-fan, din va ma’naviyat sohasida chuqur iz qoldirgan ulug‘lardan biri bo‘lgan deyish mumkin. 
Ziyorat davomida tuman hokimi qadamjo tarixiga oid ma’lumotlar bilan qiziqdi, mahalliy oqsoqollar, ziyolilar va tarixchilardan joyning o‘tmishiga oid fikr-mulohazalarni tingladi. Qabr atrofining hozirgi holati tahlil qilinar ekan, uni yanada obod qilish, maqbaraga olib boruvchi yo‘llarni ta’mirlash, yoritish tizimini yaxshilash, ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratish borasida takliflar bildirildi.

Teglar
- -