Xodimlar uchun sharoitlarni yaxshilash zarur: hokim elektr ta’minoti holatini ko‘zdan kechirdi
Xodimlar uchun sharoitlarni yaxshilash zarur: hokim elektr ta’minoti holatini ko‘zdan kechirdi
Toyloq tumanida elektr ta’minoti sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va mavjud moddiy-texnik baza holati Toyloq tuman hokimi B. Raxmatullayev tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish jarayonlarida aniqlandiki, hududiy elektr tarmoqlarida ayrim jihozlar va uskunalar eskirgan, xodimlar uchun esa mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash zarur. Zamonaviy talablar asosida moddiy-texnik bazani mustahkamlash nafaqat xodimlarning samarali faoliyatini ta’minlaydi, balki aholiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berishda ham muhim omil hisoblanadi.