insurez
22-08-2025 10:03

Xitoylik ishbilarmonlar Toyloqda


Xitoylik ishbilarmonlar bilan hamkorlik kengaymoqda

Bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari navbatdagi bosqichga ko‘tarildi.  O‘zbekistonning Xitoy bilan aloqalari keng qirraliligi, turli sohalarni qamrab olayotgani  bilan ahamiyatli bo‘lmoqda. 
     Bugun bir guruh Xitoy Xalq Respublikasining Siyan shahri ishbilarmonlari Toyloq tumanida bo‘lib,  "PURE MILKY WORKS" sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish  korxonasi faoliyati bilan tanishishib, istiqbolli rejalarni belgilab olishdi.  
  Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev investorlar bilan uchrashib, Xitoy hamda Toyloq tumani tadbirkorlari bilan hamkorlikda ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borishdi.

 

Teglar
- -