|

Версия сайта для слепых
07-10-2025 20:41

Xalqni roziligini olish bosh maqsadimiz


Xalqni roziligini olish bosh maqsadimiz
  
Toyloq tumani hokimligi tomonidan aholi muammolarini o‘rganish, ularga qonuiy yechim topish maqsadida mahallalarda sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda. 
Ana shunday sayyor qabul bugun Jumabozor Saribozor va Jalolobod mahallalari aholisi uchun o`tkazildi.     
Unda Toyloq tumani hokimi Behzod  Raxmatullayev,  tuman hokimining o‘rinbosari N.Kambaridinova, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.     
Qabulda fuqarolardan yo‘l, elektr ta'minoti, moddiy yordam, tibbiy yordam va bir qator boshqa oilaviy murojaatlar kelib tushdi. 
Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi.  Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.

Teglar
- -