Xalq roziligi bosh mezon bo‘lishi shart
Xalq roziligi bosh mezon bo‘lishi shart
Xalqni rozi qilish, turmush farovonligini oshirish mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsaddir. Chunonchi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ana shu ezgu maqsad-muddaoga qaratilgan.
Bugun Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev Fayziobod mahalla fuqarolari bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
Sayyor qabulda mahallada davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurish, uy-joyini ta’mirlashda yordami berish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr ta’minotidagi muammolarni bartaraf etish, maishiy gaz balonlarni o‘z vaqtida almashtiritb berish masalalarida murojaatlar kelib tushdi.
Ushbu murojaatning ayrimlari ijobiy hal etildi, vaqt talab etiladigan murojaat ijroga qaratilgan bo‘lsa, ba'zi murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.