"Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" — Toyloqda Istiqlol bayrami tantanasi
#LIVE
"Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" — Toyloqda Istiqlol bayrami tantanasi
Ayni damda Toyloq tumani sport maktabi o‘yingohida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri boshlandi. “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbir yurtimizga bo‘lgan yuksak ehtirom va sadoqat ruhida o‘tmoqda.
Tadbir davomida mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda san’atkorlar ishtirokida bayramona chiqishlar, she’rlar, kuy-qo‘shiqlar namoyish etilmoqda.
Mazkur bayram tadbiri fuqarolar orasida birlik va birdamlik tuyg‘ularini mustahkamlab, istiqlolimizning qadriga yetish, uni asrab-avaylash mas’uliyatini yana bir bor chuqur his ettirmoqda.