Tumanning Sariosiyo, Bog‘izog‘on hamda Talliota mahallarida obodonlashtirish ishlari boshlandi.
Tumanning Sariosiyo, Bog‘izog‘on hamda Talliota mahallarida obodonlashtirish ishlari boshlandi. Bugun tuman rahbari hamda bir guruh tashkilot vakillari bilan birgalikda navbatdagi obodonlashtirish jarayonlari o‘rganildi, mavjud ishlar tahlil qilinib, yangi vazifalar belgilab olindi. O‘rganish davomida Sariosiyo, Talliota hamda Bog‘izog‘on mahallalarida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, “Tozalik va ozodalik oyligi” doirasida aholi o‘z xonadonlarini obod va sarishta tutishga, mahallalar ko‘chalarini, yo‘l yoqalarini, ariq va zovurlarni turli chiqindilardan tozalashga keng jalb etilmoqda. Bundan tashqari, tuman agrofirma rahbarlariga ham bir qator muhim vazifalar yuklatildi. Jumladan, ekinlardan bo‘shagan yerlarda shudgorlash ishlarini o‘z vaqtida tashkil etish, kuzgi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish, ariq va zovurlarni tozaligiga e’tibor qaratilish lozimligi taʼkidlandi.



