|

Версия сайта для слепых
31-10-2025 23:13

Tuman rahbari maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi


Tuman rahbari maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi Bugun tuman hokimi Behzod Raxmatullayev 6-, 14-, 22- va 29-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bo‘ldi. Tashrif davomida muassasalarning faoliyati, bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim-tarbiya jarayonining sifati bilan tanishdi. Shuningdek, ta’mirga muhtoj bo‘lgan bog‘chalar ko‘zdan kechirilib, ularni qayta dastur asosida ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihalar o‘rganildi. Qurilish ishlarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Tuman rahbari maktabgacha ta’lim sohasida qamrov darajasini oshirish, bolalarni bog‘chalarga jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha loyihalar ishlab chiqish va amaliy choralar ko‘rish zarurligini ta’kidladi. Mazkur amalga oshirilayotgan ishlar tumanda maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, bolalarning sifatli ta’lim va tarbiya olishiga qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Teglar
- -