Tuman hokimligida soliq masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Tuman hokimligida soliq masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi Tuman hokimligida suv ta’minoti, soliq hamda maishiy chiqindilar uchun to‘lovlar bo‘yicha yig‘ilib qolgan qarzdorliklarni bartaraf etish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirga tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, tuman prokurori, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, shuningdek, tegishli tashkilotlar va mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari qatnashdilar. Yig‘ilishda har bir soha bo‘yicha mavjud qarzdorliklarning holati batafsil tahlil qilindi. Mahallalar kesimida qarzdorliklarni qisqartirish, aholining to‘lov intizomini oshirish, aholiga tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan topshiriqlar berildi. Tuman hokimi yig‘ilish yakunida qarzdorliklarni qisqa muddatda kamaytirish, aholiga qulay sharoit yaratish va to‘lov tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha mutasaddilarga vazifa yukladi.



