Tuman hokimligida navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
Tuman hokimligida navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi Majlisda tuman hokimi Behzod Raxmatullayev hududlarni obodonlashtirish, aholining kommunal to'lovlarini o'z vaqtida to'lashga odatlantirish, yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayramini ko'tarinki ruhda xavfsiz o'tkazish, ayollar migratsiyasi kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, tuman tashkilot rahbarlariga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash, ulaning bandligini taʼminlash, mahallarda chorvachilikni rivojlantirish bo'yicha qilinayotgan ishlar, “Yashil makon” loyihasi doirasida ishlarni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish yakunida tuman hokimi tegishli tashkilotlarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha topshiriqlar berdi.



