|

Версия сайта для слепых
06-11-2025 14:44

Tuman hokimi "Toyloqtumangaz" bo‘limida bo‘ldi


Tuman hokimi "Toyloqtumangaz" bo‘limida bo‘ldi Tuman rahbari Hududgaz Samarqand gaz taʼminoti filiali "Toyloqtumangaz" bo‘limida bo‘lib, bo‘lim xodimlari bilan suhbat o‘tkazdi. Behzod Raxmatullayev xizmat jarayonlarini yanada takomillashtirish, mijozlarga qulaylik yaratish, shuningdek, ishchi xodimlar uchun zamonaviy va shinam muhit barpo etish muhimligini taʼkidladi. Tuman rahbari fuqarolar kutish zallarini zamonaviy talablarga mos ravishda taʼmirlash, xodimlar uchun qulay va shinam ish xonalarini tashkil etish, hududni obodonlashtirish, atrof-muhitni toza va ozoda saqlash, daraxtlarga ishlov berish, yashil maydonlarni kengaytirish ishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. — “Toza va ozoda joyda baraka bo‘ladi. Har bir xodim o‘z ish joyini o‘z uyi kabi asrab-avaylashi kerak”, — dedi tuman rahbari. Uchrashuvda bo‘lim faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab olindi.

Teglar
- -