insurez
18-09-2025 16:10

Tuman hokimi Qo‘rg‘oncha mahallasida nuroniylar va faollar bilan uchrashdi


Tuman hokimi Qo‘rg‘oncha mahallasida nuroniylar va faollar bilan uchrashdi

Toyloq tuman hokimi Behzod Raxmatullayev Qo‘rg‘oncha mahallasining Kattaqishloq guzarida bo‘lib, mahalla faollari va nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida so‘nggi yillarda tuman miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning mahallalarda hayot sifatini yaxshilashdagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Hokim tomonidan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yangi loyihalar hamda aholiga yaratilayotgan imkoniyatlar borasida batafsil ma’lumot berildi.
Nuroniylar va mahalla faollari o‘z navbatida qishloq hayotini yanada yaxshilash bo‘yicha taklif va mulohazalarini bildirib o‘tdilar. 
Shuningdek, hokim kelgusida Kattaqishloq qishlog‘ida keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari boshlanishini ta’kidladi. Bu esa nafaqat mahalla qiyofasini yangilash, balki aholining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.
 

Teglar
- -