Tuman hokimi “Oltin Sifat Plus” MChJda bo‘ldi
Tuman hokimi “Oltin Sifat Plus” MChJda bo‘ldi
Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev bugun “Oltin Sifat Plus” mas’uliyati cheklangan jamiyatining mineral suv ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Uchrashuv chog‘ida tuman rahbari korxonadagi ishlab chiqarish liniyalari, zamonaviy texnologiyalar asosida suvni tozalash, qadoqlash va saqlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va ekologik tozaligi masalalari muhokama qilindi.
Hokim korxonada faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularga yaratilgan mehnat sharoitlari, ijtimoiy kafolatlar va ishlab chiqarish hajmlari bilan qiziqdi.
“Oltin Sifat Plus” korxonasi hozirda mahalliy bozor bilan bir qatorda, mintaqaviy ehtiyojni ham sifatli mineral suv mahsulotlari bilan ta’minlab kelmoqda.



