Tuman hokimi Mudofaa ishlari bo‘limida bo‘ldi
Tuman hokimi Mudofaa ishlari bo‘limida bo‘ldi
Bugun Toyloq tumani hokimi B.Rtaxmatullayev Mudofaa ishlari bo‘limida bo‘lib, harbiy xizmatga yuborilayotgan yigitlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida hokim Vatan sarhadlarini himoya qilish har bir fuqaroning oliy burchi ekanini ta’kidlab, yigitlarga ezgu tilaklarini bildirdi. Shu bilan birga, u harbiy xizmat nafaqat sharafli vazifa, balki har bir yosh yigit uchun katta hayot maktabi ekanini qayd etdi.
Tadbir davomida bo‘lajak askarlar harbiy xizmatga to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdilar. Ular Prezidentimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik izhor etdilar.



