insurez
12-08-2025 10:03

Tuman hokimi ilmobodliklar bilan uchrashdi


Tuman hokimi ilmobodliklar bilan uchrashdi

       Bugun Ilmobod mahallasida tuman hokimi Behzod Raxmatullayevning navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
      Unda tuman hokimi, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
       Qabul davomida mahalla aholisi uy-joy ta’miri, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi, yo‘l infratuzilmasi, bandlik va ijtimoiy yordam masalalari bo‘yicha murojaatlar bilan chiqish qildi. 
Tuman hokimi sayyor qabulning ahamiyatiga to‘xtalar ekan, aholining muammolarini bevosita joyida tinglash va ularni tezkor hal etish mahalliy boshqaruv organlarining ustuvor vazifasi ekanini ta’kidladi. Shuningdek, fuqarolarni ijtimoiy hayotda faollik ko‘rsatishga, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga chaqirdi.

TOYLOQ TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

 

Teglar
- -