Tuman hokimi harbiy qismda bo‘ldi
Tuman hokimi harbiy qismda bo‘ldi
Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i L. Yaxshilikov bilan birgalikda tumandagi 69932-sonli harbiy qismida bo‘lib, mamlakatimizda barqarorlik va osoyishtalikni taʼminlashda, jamoat xavfsizligini mustahkamlashda Milliy gvardiya xodimlarining tutgan o‘rni beqiyos ekanini alohida taʼkidlashdi.
Shuningdek, hokim harbiy qism sharoitlari, xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi. Ularning xizmat samaradorligini oshirish, tinch va xavfsiz hayotni taʼminlashdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Uchrashuvdan so‘ng hokim hududda olib borilayotgan qurilish va taʼmirlash ishlari jarayonini ham ko‘zdan kechirdi.