Tuman hokimi "Favorite Shoes" qo‘shma korxonasida bo‘ldi
Tuman hokimi "Favorite Shoes" qo‘shma korxonasida bo‘ldi
Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev “Favorite Shoes” qo‘shma korxonasiga bo‘lib korxonada ishlab chiqarilayotgan sport va qishki oyoq kiyimlari ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Korxonaning ishlab chiqarish sexlarini ko‘zdan kechirgan hokim, texnologik jarayonlar, jihozlarning holati va mahsulot sifatiga alohida e’tibor qaratdi. U yerda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar bilan suhbatlashib, ularning mehnat sharoitlari, ish haqi va ijtimoiy himoyasi masalalari bilan ham qiziqdi. Korxona faoliyatining kundan-kunga kengayishi tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.



