|

Версия сайта для слепых
31-10-2025 16:15

Tuman hokimi 2-DMTT faoliyati bilan tanishdi


Tuman hokimi 2-DMTT faoliyati bilan tanishdi Tuman hokimi B. Raxmatullayev 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida u yerda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni va moddiy-texnik baza holati o‘rganildi. Shuningdek, hokim muassasa hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan ham tanishib, yashil maydonchalar tashkil etish hamda bolalar uchun yozgi dam oliah joylari (besedkalar) barpo etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi. Mazkur tashrif doirasida maktabgacha ta’lim muassasasida yaratilayotgan sharoitlar yanada yaxshilanishi, bolajonlar uchun qulay va xavfsiz muhitni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.

Teglar
- -