insurez
24-10-2025 11:06

Tozalik va ozodalik oyligi doirasida temir yo‘l hududida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi


Tozalik va ozodalik oyligi doirasida temir yo‘l hududida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Tumanimizda e’lon qilingan Tozalik va ozodalik oyligi doirasida hududlarni yanada obod qilish, atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan tuman hududidan o‘tgan temir yo‘l atrofidagi obodonlashtirish holati o‘rganildi. Mazkur o‘rganish ishlariga tuman hokimi Behzod Raxmatullayev boshchilik qildi. Tadbirda temir yo‘l bo‘ylab joylashgan mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda agrofirma rahbarlari ishtirok etdilar.
O‘rganish davomida temir yo‘l atroflarining tozaligi, kuzgi shudgorlash ishlari, begona o‘tlarni yo‘qotish, ko‘kalamzorlashtirish kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, ushbu hududlarda tozalikni doimiy saqlash, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash hamda jamoatchilik bilan hamkorlikda obodonlashtirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Tuman hokimi ta’kidlaganidek, tozalik — bu madaniyat, ozodalik esa jamiyatimizning yuzidir. Shu bois har bir fuqaro o‘z yashash joyida poklik va tartibni saqlashda faol bo‘lishi lozim.
O‘rganish yakunida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha reja ishlab chiqildi hamda mas’ullarga qisqa muddatlarda bajarish belgilab berildi.
 

Teglar
- -