Tozalik va obodonlashtirish bo‘yicha hashar o‘tkazilmoqda
Tozalik va obodonlashtirish bo‘yicha hashar o‘tkazilmoqda
Jamiyatda ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholi o‘rtasida jamoaviy mas’uliyatni oshirish hamda obod va toza muhit yaratish maqsadida tuman hokimi Behzod Raxmatullayev boshchiligidagi tashkilot vakillari bilan birgalikda tuman hududida tozalik va obodonlashtirish oyligi doirasida hashar ishlari tashkil etilmoqda.
Ushbu tadbir davomida mahallalar hududidagi ko‘chalar, qabriston atrofi va aholi turar joylari yaqinida keng ko‘lamli tozalik ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, hududlarda ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilishini jadallashtirish, atrof-muhitning ekologik holatini yaxshilashga qaratilgan choralar haqida aholiga tushuntirishlar berilmoqda.
Hasharda mahalla ahli, nuroniylar, xotin-qizlar hamda yoshlar ozodalikni ta’minlashda munosib hissa qo‘shishga chaqirilmoqda.
Bunday tashabbuslar mahallalarda obodonlikni ta’minlash va aholi uchun munosib yashash muhitini shakllantirishda davomiy ravishda o‘tkazilishi belgilangan.



