|

Версия сайта для слепых
11-10-2025 19:31

Toyloqda “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi


Toyloqda “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bugun Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev boshchiligida tuman markazida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida olib borilayotgan qurilish ishlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tuman prokurori A.Abdullayev, tuman IIB boshlig`i E.Raxmatov hamda  tashkilotlari rahbarlari, mahalliy idora va muassasalar vakillari, shuningdek loyihani amalga oshirayotgan “PROJEKT SAM BUILDINGS” MCHJ vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida qurilayotgan ko‘p qavatli turar joylar, ularning loyihaviy afzalliklari hamda yaratilayotgan infratuzilma qulayliklari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Qurilish ishlari sifatini nazorat qilish, belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish, aholi o‘rtasida targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib borish vazifalari belgilab olindi.
Ma’lumot o‘rnida, Toyloq tumanidagi mazkur “Yangi O‘zbekiston” massivi 5 yillik yirik loyiha bo‘lib, bugungi kunda qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Loyiha doirasida umumiy 43 ta 16 qavatli ko‘p qavatli turar joy binolari barpo etilishi rejalashtirilgan. Har bir uy 112 xonadondan iborat bo‘lib, minglab aholining turar joy bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, massiv hududida 1650 o‘rinli davlat umumta’lim maktabi, 300 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi, 1 ta xususiy maktab, 2 ta xususiy bog‘cha, zamonaviy IT park, 100 o‘rinli oilaviy poliklinika, anfiteatr, nuroniylar uchun choyxona va katta savdo markazi qurilishi rejalashtirilgan.
Mazkur loyiha nafaqat aholini zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlash, balki tuman infratuzilmasini tubdan yangilash, ijtimoiy soha muassasalarini ko‘paytirish hamda yurtdoshlarimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratishga xizmat qiladi.

Teglar
- -