Toyloqda tibbiyot xodimlari kuni nishonlandi
Toyloqda tibbiyot xodimlari kuni nishonlandi Ma’lumki, mamlakatimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi tibbiyot xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan bugun Toyloq tumanida bayram tadbiri tashkil qilindi. Unda sohada ko‘p yillar samarali mehnat qilgan faxriylar va tibbiyot xodimlari taklif etildi. Bayram tadbirida Toyloq tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Suhrob Zayniyev, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati bo‘limi rahbari Xolbek Kubayevlar so‘zga chiqib shifokorlik kasbining mashaqqati, mas’uliyati, shuningdek, mamlakatimizda sohaga qaratilayotgan e’tibor va o‘zgarishlar haqida so‘z yuritildi. Shifokorlarni kasb bayramlari bilan qutlab, samimiy tilaklar bildirildi. Tadbir davomida tuman hokimining sohaning bir guruh fidoyi xodimlariga tashakkurnoma va bayram sovg‘alari topshirildi.



