Toyloqda Tadbirkorlar jamoatchilik maslahat Kengashi tashkil etildi
Toyloqda Tadbirkorlar jamoatchilik maslahat Kengashi tashkil etildi
Tadbirda tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, viloyat hokimi huzuridagi Tadbirkorlarning jamoatchilik maslahat Kengashi raisi X.O‘roqov, Kengash azolari N.Ibragimov, D.Musinov hamda yirik tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Tuman hokimi o‘z so‘zida, Prezidentimizning yaqinda tadbirkorlar kunida qilgan muloqotida bildirgan fikr mulohazalaridan kelib chiqib, tumanni barcha soha va tarmoqlarini yanada rivojlantirishda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, muommolarini joyida hal qilish, ularning loyiha takliflarini izchil amalga oshirish ustuvor vazifa ekanligini ta’kidladi. Kichikdan o‘rta, o‘rta biznesdan yirik tadbirkorlikka o‘tish ustuvor vazifa etib belgilandi.
Ta’sis yig‘ilishida ko‘pchilik ovozi bilan tumanda uzoq yillar davomida o‘z o‘rniga ega, tadbirkorlik salohiyati yuqori bo‘lgan “Fayz CHSK” korxonasi rahbari F.Nosirov Tadbirkorlar jamoatchilik maslahat Kengashi raisi,
“Akmal Toshpulatovich” F/H rahbari D.Muhammadiyev Kengash raisining o‘rinbosari etib saylandi.