insurez
03-09-2025 09:00

Toyloqda sayyor qabul o‘tkazildi


Toyloq tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Bugun Toyloq tumani Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutida respublika ishchi guruhi tomonidan tuman aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning muammolarini joyida hal etish, tegishli tashkilot va idoralar mutasaddilari ishtirokida amaliy yordam ko‘rsatish maqsad qilingan.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlari o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Teglar
- -