|

Версия сайта для слепых
10-11-2025 11:11

Toyloqda mebel ishlab chiqarish sanoati rivojlanmoqda


Toyloqda mebel ishlab chiqarish sanoati rivojlanmoqda Sochak mahallasida joylashgan mebel mahsulotlari ishlab chiqarishga mo'ljallangan “ORZU ABLOKULOV SERVIS” MChJ faoliyati o‘rganildi. Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev hamda hokimlik mas`ullari korxonada amalga oshirilayotgan zamonaviy mebel ishlab chiqarish loyihasini, yevropa davlatlaridan keltirilib o'rnatilayotgan uskunlarning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv yakunida tuman hokimi korxona rahbariyatiga tez fursatda ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, mahalladagi yoshlarni ish bilan ta`minlash yuzasidan aniq tavsiya va ko'rsatmalar berdi. Shuningdek, tadbirkorda o`z faoliyati davomida yuzaga kelishi mummkin bo`lgan muammolar hamda takliflar yuzasidan Tuman sanoat shtabiga murojaat etishi mumkinligini aytib o`tdi.

Teglar
- -