insurez
01-10-2025 10:54

Toyloqda issiqxona sohasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi


Toyloqda issiqxona sohasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Toyloq tumanida issiqxona sohasida yangi imkoniyatlar, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va soliq imtiyozlari bo‘yicha seminar invitro ko‘chatlarini yetkazuvchi issiqxonada o‘tkazildi. Tadbirda tumanimizga qo‘shni hududlarda issiqxonachilik bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar, fermer xo‘jaliklari raislari, agrofirma rahbarlari, agronomlar hamda ilmiy doiralar vakillari ishtirok etdi.
Seminarda Respublika Davlat soliq qo‘mita raisining o‘rinbosari Jahongir Abdiyev, Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Farrux Babayev, Urgut tumani hokimi Dilmurod Sayidqulovlar qatnashib, soha vakillari bilan bevosita muloqot qildilar.
Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tdi. Unda tadbirkorlarning murojaatlari tinglandi, issiqxona sohasida mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi. Shuningdek, davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyoz va soliqqa oid yengilliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Seminar davomida tajribali mutaxassislar va olimlar issiqxona faoliyatini rivojlantirish, samaradorlikni oshirish va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish masalalarida o‘z fikr va takliflarini bildirishdi.
Tadbir yakunida fermer va tadbirkorlarga amaliy ko‘mak berish, sohaga oid loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Teglar
- -