Toyloq yoshlari taʼlim safariga yo‘l oldi
Toyloq yoshlari taʼlim safariga yo‘l oldi
Yurtimizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor va yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar quvonarli hol, albatta. Ayniqsa, turli tanlovlar va fan olimpiadalarining muntazam o‘tkazilishi, unda g‘olib bo‘lganlarning munosib taqdirlanishi yoshlarda ilmga chanqoqlikni yanada oshirmoqda.
Shunday nufuzli tanlovlardan biri— “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” ko‘rik-tanlovidir. Joriy yilda o‘tkazilgan ushbu tanlovda Toyloq tumani 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi viloyat miqyosida birinchi o‘rinni egallab, respublika bosqichida ham munosib natijalarga erishdi.
Mehnat hech qachon zoye ketmagani kabi, g‘oliblarning intilishi va sa’y-harakatlari ham o‘z samarasini berdi. Bugun, 27-sentabr kuni tanlov g‘oliblari kechki reys orqali Angliyaga ta’lim safariga jo‘nab ketmoqdalar. Ularga ilm yo‘lidagi intilishlari yanada barakali bo‘lishini va yuksak marralarni zabt etishlarini tilab qolamiz.