|

Версия сайта для слепых
05-11-2025 20:17

Toyloq va Davlatobod dehqon bozorlari har kuni faoliyat yuritadi


Toyloq va Davlatobod dehqon bozorlari har kuni faoliyat yuritadi Aholiga qulay shart-sharoit yaratish, bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda dehqon va fermerlarning yetishtirgan mahsulotlarini xalq dasturxoni uchun qulay tarzda yetkazib berish maqsadida Viloyat hokimligining tegishli xati hamda Toyloq tuman hokimining tegishli qaroriga muvofiq, endilikda Toyloq dehqon bozorida haftaning 6 kunida Davlatobod dehqon bozorida haftaning 5 kuni davomida tashkil etiladi. Mazkur qarorga ko‘ra, Toyloq dehqon bozorida Dushanba kuni, Davlatobod dehqon bozorida haftaning Seshanba va Juma kunlari sanitar kuni sifatida belgilangan bo‘lib, bu kunda bozor hududida tozalash, dezinfeksiya va obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Yangi tartib aholining kundalik oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini muntazam qondirish, tadbirkorlar uchun qulay savdo muhitini yaratish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Toyloq tumanida amalga oshirilayotgan ushbu tashabbus aholining farovonligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda savdo infratuzilmasini yanada yaxshilash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Teglar
- -