|

Версия сайта для слепых
10-10-2025 16:54

Toyloq tumanida yangi Xotira Maydoni barpo etiladi


Toyloq tumanida yangi Xotira Maydoni barpo etiladi

Toyloq tumani markazida muhim ma'naviy-ma'rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangi loyiha – Xotira maydoni barpo etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda tuman hokimi Behzod Raxmatullayev tomonidan ma’lum qilindi.
Yangi xotira maydoni Toyloq tumani yoshlar istirohat bog‘ining yon qismida joylashadi. Mazkur hudud tuman aholisining sevimli sayr maskani bo‘lib, u yerda yangi inshoot qurilishi bilan bog‘ning ma’naviy-ruhiy ko‘rkamligi yanada oshishi kutilmoqda.
Hokim Behzod Raxmatullayevning ta’kidlashicha, ushbu xotira maydoni urush va mehnat faxriylari, Vatan yo‘lida jon fido qilgan fidoyi o‘g‘lonlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida barpo etiladi.
Xotira maydonining qurilish ishlari tez fursatlarda boshlanishi rejalashtirilmoqda va bu loyiha Toyloq tumanining yana bir muhim ijtimoiy-ma'naviy ob’ektiga aylanishi kutilmoqda.

Teglar
- -