Toyloq tumanida “Tozalik oyligi” boshlandi
Toyloq tumanida “Tozalik oyligi” boshlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 14- oktyabr kuni mahalla tizimini yanada takomillashtirish hamda joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida Toyloq tumanida “Tozalik oyligi” amalga oshirilmoqda.
🌿 Tadbirda tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, tuman prokurori A.Abdullayev, IIB boshlig‘i E.Raxmatov hamda mas’ul tashkilotlar rahbarlari, “mahalla yettiligi” a’zolari, kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar va faol fuqarolar ishtirok etdi. Saf yig‘ilishida aholi yashaydigan hududlarda sanitariya holatini yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida chiqarish, ko‘cha va gulzorlarni obodonlashtirish, shunningdek aholi o‘rtasida tozalik madaniyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
🖼 “Tozalik oyligi” doirasida tuman mahallalarida piyodalar yo‘laklari yangilanmoqda, yo‘l yoqalaridagi hovuzlar va ariqlar tozalanmoqda, chiqindilar yig‘ilib, belgilangan joylarga tashilmoqda. Qabristonlar ham obodonlashtirilib, hududlar yashil maydonlarga aylantirilmoqda.
🔥 Shuningdek, tadbir doirasida is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish, xavfsiz isitish vositalaridan foydalanish, uylarda ventilyasiya tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tushuntirish ishlari ham olib borildi.
✨Ayni kunlarda Toyloq bo‘ylab keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalik ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Bu tadbir nafaqat hududlarni obod qilish, balki aholida tozalik va go‘zallikka intilish ruhini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.



