|

Версия сайта для слепых
08-11-2025 14:50

Toyloq tumanida “Raqamli avlod qizlari” tanlovining tuman bosqichi g‘oliblari taqdirlandi


Toyloq tumanida “Raqamli avlod qizlari” tanlovining tuman bosqichi g‘oliblari taqdirlandi ♾️ Mazkur tanlovda jami 361 nafar iqtidorli qizlar “Taʼlim”, “Sunʼiy intellekt”, “Iqlim o‘zgarishi” va “Yashil iqtisodiyot” yo‘nalishlari bo‘yicha innovatsion loyihalarining final bosqichi bolib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari J. Haqerdiyev hamda tuman MMTB boshlig‘i O’.Usmonov ishtirok etdi. 💫 Ishtirokchilar taqdim etgan loyihalarda raqamli yechimlar orqali ijtimoiy muammolarni hal etish, ta’lim jarayonini takomillashtirish, ayollar uchun yangi imkoniyatlar yaratish kabi dolzarb masalalar yoritildi. 🏅 16–20 yoshli qizlar o‘rtasidagi eng yaxshi startap loyihalar bilan qatnashgan “Yashil iqtisodiyot” yo‘nalishi bo‘yicha M.Amonova, “Iqlim o‘zgarishi” yo‘nalishi bo‘yicha Z.Sultonova, “Ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha Z.Muzaffarova, “Ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha F.Abduvaxobova, “Yashil iqtisodiyot” yo‘nalishi bo‘yicha Z.Abdurashidovalar, shuningdek, 21–30 yoshli qizlar o‘rtasidagi eng yaxshi startap loyihalari g‘olib deb topilgan M. Ziyovaddinova, X. Zokirova, M.Berdiqulova, M.Xudoyberdiyeva, Sh.Obloqulovalar Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining Toyloq tuman bo‘linmasi tomonidan qimmatbaho estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Teglar
- -